1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonda ilk bor odamni yuzidan tanib oluvchi kamera ishga tushiriladi

Tizim biometrik maʼlumotlarga asoslangan.

O‘zbekistonda ilk bor odamni yuzidan tanib oluvchi kamera ishga tushiriladi

 

Oliy Majlis Senatining Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva odamlarni tanib oluvchi texnologiyaning joriy etilishi haqida fikr bildirdi. Tanzila Norboyeva ichki ishlar organlari xodimlariga yuzni tanib olish va barmoq izini aniqlash dasturiga ega planshetlar berilayotganini qo‘llab-quvvatladi.

 

"Ushbu tizim jinoyatchi, qochoq, bedarak yo‘qolgan shaxslarni topishda qo‘l kelishi butun dunyoda isbotini topgan" — dedi u. 

 

Tizim maʼlumotlar bazasi quyidagilardan tashkil topadi:

➖videokuzatuv kameralari tasvirlari;

➖ijtimoiy tarmoqlardagi foto-videolavhalar;

➖bodikameralardagi videotasvirlar;

➖mobil telefonlardagi foto-videotasvirlar.

Biometrik maʼlumotlarga asoslangan yuzni aniqlash va nazorat qilish kompleks tizimi o‘z ichiga 7ta dasturni qamrab oladi:

➖shaxs yuzini tanib olish.

➖karantin qoidalarini nazorat qilish;

➖ommaviy tartibsizliklar tashkilotchilari;

➖huquqbuzarliklarni aniqlash dasturi;

➖soxta yuz tasvirini aniqlash;

➖profayling tahlil;

➖ijtimoiy muhandislik yordamida shaxsning psixologik portretini shakllantirish.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика