1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslar bir qancha lavozimlarga ishga taklif qilinmoqda

Nomzodlar hujjatlarni elektron platforma orqali topshiradi

O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslar bir qancha lavozimlarga ishga taklif qilinmoqda

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi imkoniyati cheklangan shaxslar orasidan vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qildi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlat xizmatchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yagona ochiq portali – vacancy.argos.uz platformasi orqali agentlikning markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlovning 1-bosqichini eʼlon qildi. Quyida mazkur lavozimlar keltirilgan:

 

  • Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi;

  • Ijtimoiy to‘lovlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

  • Katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

  • Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi;

  • Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;  

  • Moliya tahlil va rejalashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;

  • Xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;  

 

Shuningdek, nomzodlarga alohida talablar ham mavjud. Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan nogironlik to‘g‘risidagi maʼlumotnomaning kasb va mehnat tavsiyalari yoziladigan qismida ko‘rsatilgan tavsiya asosida tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика