1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda inson a’zolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda

Yangi ishlanma Germaniyada o‘tkazilgan ilmiy stajirovka davomida yaratilgan.

O‘zbekistonda inson a’zolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda

 

 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti tadqiqotchisi Olimjon Boymatov tomonidan 3D bioprinterlar uchun zarur bo‘lgan bio-siyoh asosini mahalliy o‘simliklardan olish usuli ishlab chiqildi. Ushbu kashfiyot kelajakda inson a’zolarini sun’iy tarzda chop etish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

 

Yangi ishlanma Germaniyada o‘tkazilgan ilmiy stajirovka davomida yaratilgan. Mazkur kashfiyot Intellektual mulk agentligi tomonidan ijobiy baholanib, hozirda patentlash jarayonidan o‘tmoqda.

 

Olimjon Boymatovning ta’kidlashicha, yaratilgan bio-siyoh mahalliy o‘simliklar polisaxaridlariga asoslangan gidrogel tarkibidan iborat bo‘lib, unda inson hujayralari yashab, rivojlana oladi. Bu esa inson organizmiga mos, xavfsiz va nisbatan arzon sun’iy a’zolar hamda to‘qimalarni yaratish imkonini beradi.

 

Bugungi kunda dunyo bo‘ylab millionlab bemorlar organ transplantatsiyasi uchun donor kutmoqda. Donor a’zolar yetishmovchiligi sababli olimlar 3D bioprint texnologiyalarini faol rivojlantirmoqda. Ilgari o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali qon tomirlari, teri, tog‘ay, shuningdek yurak, jigar va buyrak kabi a’zolarni bioprinter yordamida yaratish mumkinligi aniqlangan.

 

Mutaxassislarning fikricha, mazkur kashfiyot kelajakda donorlik a’zolariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga, bemorlar hayotini saqlab qolishga hamda O‘zbekiston ilm-fani va tibbiyotining rivojlanishida muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика