1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda inversiya sabab havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etishi mumkin

Toshkent shahridagi 12 ta va Toshkent viloyatidagi 22 ta ishlab chiqarish korxonasida tekshiruvlar o‘tkazilib, choralar ko‘rildi.

O‘zbekistonda inversiya sabab havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etishi mumkin

 

So‘nggi kunlarda mamlakatimizda harorat inversiyasi bilan bog‘liq noqulay meteorologik sharoitlar oqibatida havo sifati pasayishi kuzatilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Iskandar Qutbiddinov ma’lumot berdi.

 

Uning ta’kidlashicha, kunduzgi va kechki havo harorati ayrim hollarda 14 gradusgacha keskin farq qilishi, tuman tushishi va shamol tezligining pasayishi ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosida tarqalishini qiyinlashtirmoqda.

 

Maxsus komissiya o‘z faoliyatini to‘xtatmagan bo‘lib, aholiga muntazam axborot berish, shuningdek, tegishli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Bugungi kunda e’tibor sanoat va xo‘jalik subyektlarida ekologik reydlar va nazorat tadbirlariga qaratilgan. Noqulay ob-havo sharoitida atmosfera havosiga antropogen yuklamani kamaytirish maqsadida korxonalarning quvvatlari cheklanmoqda va ayrim korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilmoqda.

 

1–7-yanvar kunlari Toshkent shahridagi 12 ta va Toshkent viloyatidagi 22 ta ishlab chiqarish korxonasida tekshiruvlar o‘tkazilib, ta’sirchan choralar ko‘rildi. Shu bilan birga, profilaktik monitoring tadbirlari kuchaytirildi va atmosfera havosi sifati tezkor baholab borilmoqda.

 

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, noqulay meteorologik sharoitlar 16–17-yanvarga qadar saqlanishi kutilmoqda. Keyingi haftada antitsiklonlarning kelishi, yog‘ingarchilik va shamol tezligining oshishi bilan atmosfera havosi sifati normallashishi kutilmoqda.

 

Maxsus komissiya tomonidan ko‘rilayotgan barcha choralar ilmiy asoslangan tavsiyalarga muvofiq, yuzaga kelgan xavflarni minimallashtirish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика