1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ish izlovchilar va ish beruvchilar uchun yagona portal ishga tushiriladi

Yangi platforma orqali ish beruvchi bo‘sh o‘rin e’lon qiladi, talabgor rezyume yuboradi, vazirlik mos nomzodlarni tavsiya etadi.

O‘zbekistonda ish izlovchilar va ish beruvchilar uchun yagona portal ishga tushiriladi

O‘zbekiston mehnat bozorida ish qidirayotgan fuqarolar va xodim izlayotgan korxonalar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida yagona raqamli platforma ishga tushiriladi. Mazkur tashabbus Prezidentning 2025-yil 4-avgustdagi farmonida belgilab berilgan.

 

Yangi portalni yaratish va boshqarish Bandlik vazirligiga yuklatiladi. Jarayon “Loyiha guruhi” tomonidan amalga oshiriladi, guruh tarkibiga rekruterlar bilan hamkorlik qiladigan mutaxassislar jalb etiladi.

 

Platforma orqali ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni joylashtiradi, talabgorlar esa o‘z rezyumelarini taqdim etadi. Bandlik vazirligi mutaxassislari kelib tushgan arizalarni tahlil qilib, mos nomzodlarni ish beruvchilarga tavsiya etadi. Yakuniy qaror esa suhbat natijalariga ko‘ra ish beruvchi tomonidan qabul qilinadi.

 

Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, dastlab Toshkent shahrida sinov tariqasida ishga tushiriladi. Keyinchalik platforma bosqichma-bosqich respublika miqyosida tatbiq etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика