Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Fraksiya yig‘ilishida ushbu qonun loyihasida bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari qanday tartibda berilishi bo‘yicha aniqlik kiritildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport kiyimlari, ashyolari, oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlar hamda uskunalarni Milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitalari, olimpiya hamda paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar taklifiga asosan Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida davlat hamda nodavlat sport-taʼlim tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun xorijdan import qilinganda bojxona bojini to‘lashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan maʼqullandi.


