1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar alyansi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning Jiddaga rasmiy safari doirasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi va BMTning Sivilizatsiyalar alyansi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 

Jidda shahriga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovning rasmiy safari doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu safar Prezident tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining boy madaniy-maʼnaviy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga qaratildi.

 

Safar doirasida Firdavs Abduxoliqov Jidda shahrida Islom sanʼati muzeyi direktori Mamduh Usmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Markaz faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, islom sivilizatsiyasining ilmiy, tarixiy hamda maʼnaviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida atroflicha maʼlumot berildi. Tomonlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadilar.

 

Shuningdek, muzokaralar davomida qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro anjumanlar o‘tkazish, shuningdek, mutaxassislar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sivilizatsiyalar alyansi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat sivilizatsiyalar o‘rtasida muloqotni mustahkamlash, madaniy bag‘rikenglikni targ‘ib etish hamda islom sivilizatsiyasi merosini jahon hamjamiyatiga keng yetkazishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

 

Tomonlar ushbu uchrashuvlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etib, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика