Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, iyun oyida respublika bo‘yicha 6,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan 13,1 mln kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd so‘m zarar keltirilganligi maʼlum bo‘ldi. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.


