1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning yosh chegarasi maʼlum bo‘ldi

Sud-tergov vaqtida tomonlar o‘z tashabbusi bilan psixolog ishtirokini taʼminlashi mumkin.

O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning yosh chegarasi maʼlum bo‘ldi

 

Qayd etilishicha, “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

 

Mazkur hujjat mazmuniga ko‘ra quyidagi bandlarni o‘z ichiga oladi:

 

— Jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilanmoqda (amalda 13 yosh);

 

— 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda va mazkur sohadagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda:

 

Bundan tashqari, (jinsiy aloqa qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosining maksimal muddati 5 yildan 7 yilgacha oshirilmoqda;

 

— Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismida (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 yildan 2 yilgacha ko‘paytirilmoqda.

 

Sud-tergov jarayonida ham bola huquqlarining protsessual kafolatlarini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Xususan:

— voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda 4 soatdan oshmasligi belgilanmoqda (amalda – 8 soat).

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoshi 5 yilga uzaytirilishi hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs yetkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchi bilan yarashsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика