Soliq qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, respublika bo'yicha jismoniy shaxslarning 970 mlrd so‘mdan ortiq qarzi hisobdan chiqarildi.
Qayd etilishicha, prezident qaroriga asosan 5,4 mln nafar jismoniy shaxslarga mol-mulk va yer solig‘i qarzdorligi uchun hisoblangan 501,9 mlrd so'm penya hisobdan chiqarildi.
Shuningdek, 457,5 mingta yakka tartibdagi tadbirkor uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblangan 476,8 mlrd so‘m soliq qarzi, penya va jarimalar hisobdan chiqarildi.
Bundan tashqari, 2023-yilning o‘tgan davrida 1 013 ta tadbirkorlik subyektlariga 613,9 mlrd so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati berildi.


