Unda 2025 yilning o‘tgan davrida prokuratura organlari tomonidan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 160 mingdan ortiq nazorat hujjatlari qo‘llanilib, 526 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan.
Maʼlum bo‘lishicha, nazorat tadbirlari va dastlabki tergov davomida aybdor shaxslardan fuqarolarga hamda davlat manfaatlariga yetkazilgan 2,2 trln. so‘mlik zararning undirilgan.
Shuningdek, prokurorlar tashabbusi bilan 961 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilib, ularda 11 340 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, tashkilot tomonidan energetika sohasida qonuniylikni taʼminlash maqsadida o‘tkazilgan qarib 133 mingga reyd tadbirlari davomida 127 mingdan ortiq noqonuniy ishlar fosh etilib, 645 mlrd. so‘mlik zarar undirilgan.
“Xalq bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarning qiynayotgan muammolarini hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilib, hisobot davrida 218 mingta murojaatlar bevosita prokuraturada hal etilgan va 54 ming nafar shaxslarning buzilgan huquqlari tiklab berilgan”, — deyiladi prokuratura xabarida.
Bulardan tashqari, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan 302 ming nafar fuqarolarga 1,8 milliondan ziyod ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib, ularning ahvoli yaxshilangan.


