1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda kadastr hujjatlari yo‘q uylarning elektron bazasi yaratiladi

Joriy yil 1-oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi.

O‘zbekistonda kadastr hujjatlari yo‘q uylarning elektron bazasi yaratiladi

 

Bu haqda Kadastr agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

 

18-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatda 2,6 million xonadonning kadastr hujjatlari mavjud emasligi taʼkidlangan va kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasi ishlab chiqish belgilangan.

 

Taʼkidlanishicha, bu borada yangi tartib ishlab chiqilayotgan qonunda o‘z aksini topadi. Ungacha ishchi guruh tomonidan:

 

  • 1 oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi;

  • uy-joyga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlar to‘planadi va elektron bazaga kiritiladi.

 

Maʼlumot uchun: 2022-yil 6-iyunda «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingandi. Qonun bilan 4 ta kodeks va 21 ta qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика