1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanmoqda

Endi kambag‘al oila bo‘yicha individual dastur bo‘ladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanmoqda

Davlat rahbari kambag‘allikka tushish sabablari har xil ekan, yechimi ham alohida-alohida bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

 

Hozirda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha keyingi yillar uchun juda katta “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.

 

Unda yettita imkoniyat va masʼuliyat tamoyili asosida O‘zbekistonning navbatdagi yangi yondashuvlari belgilab beriladi.

 

Bundan buyon kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi.

 

Mutasaddilarga har bir mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ulardagi “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqish topshirildi. Kambag‘al oila bo‘yicha individual dastur bo‘ladi, har bir vazirlikning aniq vazifasi ko‘rsatiladi.

 

Iqtisodiy kompleks – J.Qo‘chqorov tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bilan shug‘ullansa, IJtimoiy himoya – M.Olloyorov tizimi kimni reyestrga kiritish, qaysi oilani undan chiqarishga javob berishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика