1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

 

Bugun, 31-avgust kuni Hukumat qarori bilan  «Kinematografiya fidokori» ko‘krak nishoni ta’sis etildi va unga oid nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar qilindi.

 

Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish, badiiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk filmlar yaratish, milliy filmlarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan shaxslar taqdirlanadi.

 

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 1 dekabrgacha Kinematografiya agentligiga beriladi. Taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Agentlik bosh direktori tomonidan 5 kishilik komissiya tuziladi.

 

Komissiya tomonidan 20 dekabrgacha munosib nomzodlar bo‘yicha xulosa qabul qilinadi va u asosida bosh direktor buyrug‘i 25 dekabrgacha qabul qilinadi. Ko‘krak nishoni har yili 28 dekabr – Xalqaro kino kuni arafasida tantanali topshiriladi.

 

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti beriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика