Kecha 96 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, o‘tgan bir sutka ichida Toshkent shahrining o‘zida 57 kishida koronavirus aniqlangan. Shuningdek:
6 nafari Buxoro viloyatida,
12 nafari Namangan viloyatida,
4 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
16 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
SSV maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni ortmoqda: 21-noyabrda 61 kishida, 20-noyabrda 89 kishida, 19-noyabrda 81 kishida, 18-noyabrda 92 kishida, 17-noyabrda 69 kishida kasallik aniqlangan. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maʼlum qilishicha, 22-noyabr kuni respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi 55 390 doza vaksina qo‘llangan.


