Ijtimoiy tarmoqlarda aholi o‘rtasida koronavirus bilan kasallanish holatlari oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat barqaror.
Qayd etilishicha, 25-iyul holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 255 193 nafarni tashkil etib, ulardan 253 235 nafari (99 foiz) sog‘aygan.
Biroq, koronavirus infeksiyasi va o‘tkir respirator infeksiyalarni miks-infeksiya kasalligi sifatida, aynan emlanmagan aholi hamda surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida qayd etilishi kuzatilmoqda.


