1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga maxsus orderlar joriy etiladi

2024-yilda 31 nafar fuqaro korrupsiya holatlari haqida xabar bergani, ammo ularning aksariyati faqat minnatdorchilik xatlari bilan cheklangani aytildi.

O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga maxsus orderlar joriy etiladi

 

O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarning huquqlarini kafolatlash va ularni himoyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi mexanizmlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi takliflar Prezidentga korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar doirasidagi yig'ilishda taqdim etildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda 31 nafar fuqaro korrupsiya holatlari haqida xabar bergan. Qonunchilikda belgilangan pul kompensatsiyasi ko‘zda tutilgan bo‘lsa-da, amaliyotda ularga asosan faqat minnatdorchilik xatlari berilgan. So‘rovlar aholining qariyb 30 foizi himoya mexanizmlari yetarli emasligi sababli qoidabuzarliklar haqida xabar berishdan qo‘rqishini ko‘rsatmoqda. Shu bois, xabar beruvchilarni himoya qilish maqsadida maxsus orderlar joriy etilishi taklif etildi.

 

Yig‘ilishda yuqori byurokratik va raqamlashtirilmagan sohalarda korruptsiya xavf manbalarini aniqlash uchun loyiha ofislarini tashkil etish taklif qilindi. Ularning faoliyati natijalari muntazam ravishda jamoatchilikka taqdim etib boriladi.

 

Shuningdek, investitsiya loyihalarini monitoring qilishdan tortib, qurilish jarayonlarini joyida nazorat qilishgacha bo‘lgan korrupsiyaga qarshi tadbirlarga jamoatchilik ishtirokini kengaytirish taklif qilinmoqda. Fuqarolarning faolligini rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun” mukofot nishonini ta’sis etish rejalashtirilgan.

 

Yig‘ilishda soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish masalasi ham alohida ko‘rib chiqildi. Prezident QQSni avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimiga o‘tish jarayonini tezlashtirish va inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirishni topshirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика