1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda kosmik tadqiqotlar o‘tkazilishi qay darajada?

Zamon.uz mamlakatda kosmik soha taraqqiyotiga oid maqola tayyorladi.

O‘zbekistonda kosmik tadqiqotlar o‘tkazilishi qay darajada?

 

12-aprel – Xalqaro kosmonavtika kuni. 1961-yil, aynan shu kuni Sobiq Ittifoq tarixda ilk bor kosmosga inson parvozini tashkil etdi. Yuriy Gagarin fazoga chiqqan ilk fazogir sifatida tarixda qoldi.

 

Oradan yillar o‘tib, kosmonavtika taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylandi. U ommaviy kommunikasiyalar, internet, meteorologiya va boshqa sohalarda katta ahamiyatga ega.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham kosmik tadqiqotlar rivojiga ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, 2019 yilda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tashkil etilgan.

 

Ushbu agentlikning faoliyati nimalardan iborat? O‘zbekistonda soha rivoji qay darajada? 

 

Agentlik matbuot xizmati vakili Nazokat Rajabovaning ma’lum qilishicha, bugungi kunda “O‘zbekkosmos” tomonidan yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyalarini qo‘llagan holda davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda, xususan, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, geologiya, telekommunikasiya va transport infratuzilmasida tajriba-sinov loyihalari ishga tushirilgani hamda ma’lum natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

 

Bundan tashqari, agentlik keng ko‘lamli xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Bunga misol tariqasida Toshkentda o‘tkazilishi kutilayotgan “Kosmik texnologiyalar hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlangan “Space Technology Conference STC-2022” nomli birinchi mintaqaviy konferensiyani keltirish mumkin.

 

Ushbu tadbir may oyida o‘tkazilishi va unda dunyoning qator yirik kosmik agentlik hamda kompaniyalari, xususan, Maxar (AQSH), Airbus (Fransiya), TurkSAT (Turkiya), Viasat (AQSH), OneWeb (Buyuk Britaniya) kabi kompaniyalar, shuningdek,  Aerokosmik qo‘mitasi, Ozarbayjon kosmik agentligi (Azerkosmos), Turkiya kosmik agentligi (TUA), BAA kosmik agentligi, BMT kosmik ishlar boshqarmasi (UNOOSA), BMT Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика