1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda kuniga 30 ta oilaviy zo‘ravonlik holati qayd etilmoqda

6 oyda 5 mingdan ortiq shaxs oilaviy zo‘ravonlik uchun jazolandi.

O‘zbekistonda kuniga 30 ta oilaviy zo‘ravonlik holati qayd etilmoqda

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq 5 200 dan ortiq holat bo‘yicha shaxslar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu kuniga o‘rtacha 30 ta holat qayd etilganini anglatadi.

 

Sud matbuot kotibi Aziz Obidovning so‘zlariga ko‘ra, ruhiy, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlik turlarini o‘z ichiga olgan ushbu ishlar bo‘yicha:

 

3 200 nafar fuqaro jarimaga tortilgan,

 

1 800 nafariga esa 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, 231 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari yuritilgan bo‘lib, shulardan 65 nafari ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan.

 

Taqqoslash uchun: 2024-yil davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy zo‘ravonlik) bo‘yicha 8 900 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan. Shundan 5 200 nafari jarimaga tortilgan bo‘lsa, 3 700 nafari ma’muriy qamoq jazosi olgan.

 

Xuddi shu yilda Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi bo‘yicha 203 shaxs sudlangan, ulardan 59 nafariga ozodlikdan mahrum etish jazosi, qolganlariga muqobil jazo choralari tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика