"Nemolchi" loyihasining xabar berishicha, ayol kishi 24-iyul kuni O‘zbekistondagi mashhur pitseriyalardan birida pitssa buyurtma qilgan. Natijada soat 18:30 da kuryer unga buyurtmasini yetkazib bergan. Biroq oradan bir necha daqiqa o'tganidan so'ng kuryer ayol kishiga qo'ng'iroq qilib, uni ismini so'ragan. Shuningdek, unga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan.
Voqea aynan qayerda yuz bergani va kuryer qaysi pitseriyada ishlashi haqida ma'lumot berilmagan.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, ayol kishi mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kuryerga nisbatan ariza bilan murojaat qilgan.


