O‘zbekistonda “Mahalla nazorati” instituti joriy etiladi

Unda aholi eʼtirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolar muhokama qilinadi.

O‘zbekistonda “Mahalla nazorati” instituti joriy etiladi

 

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda “Mahalla nazorati” va “Mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, har bir fuqarolar yig‘ini huzurida mahalla raisi rahbarligida mahalla nazorati guruhi tashkil etiladi.

 

Mahalla nazorati guruhi tomonidan aholi eʼtirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkaziladi.

 

Mahalla fuqarolar yig‘ini kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul xodimlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlarini muntazam ravishda eshitib boriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика