1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilmoqda

Nogironlik guruhi, muddati va reabilitatsiya ehtiyojlari endilikda yagona elektron tizim orqali belgilanadi.

O‘zbekistonda nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 587-son qaroriga muvofiq, nogironlikni belgilash tizimi to‘liq raqamlashtirilmoqda. Ushbu qaror asosida aholiga qulaylik yaratish, shaffoflikni ta’minlash va inson omilini kamaytirish maqsadida bir qator yangiliklar joriy etildi.

 

Endilikda nogironlikni belgilash masalasida murojaatlarni nafaqat tuman markaziy poliklinikalarida, balki “Inson” markazlari, ijtimoiy xodimlar, my.gov.uz portali hamda oilaviy shifokorlar orqali ham topshirish mumkin bo‘ladi.

 

Tajriba-sinov davrida (2025-yil 1-apreldan boshlab) Toshkent shahri va Navoiy viloyatida jami 12,5 ming ariza qabul qilingan. Shundan:

 

“Inson” markazlari orqali – 6,5 ming ariza (52,4 foiz),

 

Oilaviy shifokorlar orqali – 5,9 ming ariza (47,5 foiz),

 

Elektron portal orqali – 17 ariza (0,1 foiz).

 

Avval amalda bo‘lgan bir xil majburiy davolanish muddati bekor qilinib, endilikda bemorning kasalligi va holatidan kelib chiqib individual muddatlar belgilanadi. Xususan:

 

22 holat (1 foiz) uchun – 30 kun,

 

201 holat (8 foiz) uchun – 60 kun,

 

237 holat (10 foiz) uchun – 90 kun,

 

788 holat (33 foiz) uchun – 120 kun,

 

1 141 holatda (48 foiz) – davolanish muddati talab etilmaydi.

 

Shuningdek, sirtdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar ro‘yxati 48 tadan 60 taga kengaytirildi.

 

Yangi tartib asosida nogironlikni belgilashda yagona standartlar va elektron tizim joriy etiladi. Bu orqali nogironlik guruhi va muddati, o‘zgalar parvarishiga ehtiyoj, tibbiy reabilitatsiya va protez moslamalariga muhtojlik haqidagi ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi.

 

Mazkur tizim dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida ishga tushirilib, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика