1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda OIV bilan yashayotganlar soni 52 mingdan oshdi

Jahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan O‘zbekistonda OIV bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi.

O‘zbekistonda OIV bilan yashayotganlar soni 52 mingdan oshdi

 

O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bo‘yicha yangilangan statistika e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 52 mingdan ortiq fuqaro immunitet tanqisligi virusi bilan yashamoqda. Ularning qariyb 46 ming nafari antiretrovirus terapiyasi (ART) bilan qamrab olingan bo‘lib, bemorlarning 88 foizida virus yuki aniqlanmaydigan darajagacha pasaygan.

 

Mazkur ko‘rsatkichlar 1-dekabr – Jahon OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan matbuot anjumanida taqdim qilindi.

 

2025-yilda OIV bo‘yicha profilaktik tadbirlar kengaytirildi va 5 milliondan ziyod aholi skrining tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Uzoq hududlarni qamrab olish maqsadida mobil tibbiy brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada, OIV bilan yashayotgan aholining 95 foizi o‘z sog‘lig‘i holatini tekshirish va zarurat tug‘ilganda davolanishni boshlash imkoniga ega bo‘ldi.

 

Shuningdek, mamlakatda barcha homilador ayollar OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Kasallik aniqlangan onalardan tug‘ilgan 700 dan ortiq chaqaloq ilk olti oy mobaynida maxsus xavfsiz ozuqa formulalari bilan ta’minlanmoqda.

 

Joriy yilda antiretrovirus dori vositalarini xarid qilish uchun davlat byudjeti hamda Global jamg‘arma mablag‘lari hisobidan deyarli 7 million dollar yo‘naltirilgan.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2027-yilgacha OIV skriningini yanada kengaytirish, tezkor testlar va o‘z-o‘zini tekshirish tizimini joriy etish, profilaktika xizmatlari hamda statistik jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика