1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari ko'paymoqda

7 yilda OTMlar soni 3 barobar oshgan.

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari ko'paymoqda

2017–2024 yillarda O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Oliy ta’lim muassasalari soni 72 tadan 219 taga yetdi, bu 304 foizlik o‘sishni tashkil qiladi. Xorijiy universitetlar soni esa 4,5 barobarga ko‘payib, 31 taga yetdi.

 

Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda 12,5 ming xorijlik talaba tahsil olmoqda, bu 2017-yilga nisbatan 9,6 barobar ko‘p. OTM o‘qituvchilari soni ham 25,1 mingdan 45,4 ming nafarga yetdi. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yotoqxonalar qurilib, joylash tizimi to‘liq raqamlashtirildi.

 

2024-yilda O‘zbekistonning 53 ta OTMsi Times Higher Education reytingiga kiritildi. Oliy ta’limni yanada rivojlantirish uchun “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va 10 ta OTMni dunyoning eng nufuzli reytinglariga kiritish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика