1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda oltin narxi yil boshiga nisbatan 60 foizga o‘sdi

Oltin narxi shu yilning o‘zida 45 martadan ko‘proq rekord o‘rnatdi.

O‘zbekistonda oltin narxi yil boshiga nisbatan 60 foizga o‘sdi

 

25-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln 788 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirgi vaqtga qadar bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.Oltin narxi bir kunda 0,3 foizga, yil boshiga nisbatan 60 foizga oshdi.

 

Markaziy bank tomonidan 25-dekabr kuni o‘lchovli oltin quyma narxlarini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, 1 gramm oltin quymasining narxi 1 mln 788 ming so‘mni tashkil qilmoqda.

 

     

 

Bu narx O‘zbekistonda oltin quymalari sotila boshlagandan beri kuzatilayotgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi

 

Narxlar bir kunda 0,3 foizga, yil boshiga nisbatan esa 60 foizga oshdi. Oltin narxi shu yilning o‘zida 45 martadan ko‘proq rekord o‘rnatdi. 

 

Jahon bozorida ham oltin narxi o‘z tarixidagi yuqori cho‘qqilarni zabt etmoqda. 

 

Xususan, 24-oktabr kuni oltinning 1 troy unsiyasi tarixda ilk bor 4 ming 500 dollardan oshdi. Biroq bugun, 25-dekabr soat 9:52 holatiga ko‘ra, 4 ming 480 dollarni tashkil etmoqda.

 

2025-yilda oltin narxining rekord darajaga ko‘tarilishi bilan bir qatorda keskin pasayish ham kuzatildi. Jumladan, 27-oktabr kuni oltinning bir troy unsiyasi 4 ming dollardan pastga tushdi. 

 

Kun davomida eng past nuqta 3 ming 970 dollar darajasiga yetdi. Bu 10-oktabrdan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich edi. 

 

Reuters nashri buning sabablarini AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarining yaxshilanayotgani bilan izohladi. 

 

Unda AQSH va Xitoy o‘rtasida savdo kelishuvi imzolansa, bu xavfsiz aktivlarga, jumladan oltinga bo‘lgan talabni kamaytirishi taʼkidlandi. 

 

Maʼlumot uchun, jahon bozorida oltin narxining o‘sishi tufayli O‘zbekiston 11 oyda qariyb 10 mlrd so‘mlik rekord darajada oltin eksport qildi. 

 

1-dekabr holatiga ko‘ra, mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 61,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu ham rekord ko‘rsatkichdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика