1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

O‘zbekistonda ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

 

 

Farmonga ko‘ra, ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi.

 

Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan:

 

  • inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi;

  • fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashadi.

 

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o‘zlarining faoliyatida bevosita ombudsmanga hisobdordir.

 

Farmonga ko‘ra shuningdek, yangi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Bundan avval Ombudsman vakili yordamida nurobodlik ayol uyli bo‘lgani hamda bola huquqlari bo‘yicha vakilga ayni vaqtda Turkiya davlatida istiqomat qilib kelayotgan hamyurtimiz A.S. tomonidan murojaat kelib tushgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика