1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6,2 mln so‘mga yetdi — Markaziy bank

Hududlar kesimida real ish haqi o‘sishi Samarqand, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida yuqori bo‘lgan.

O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6,2 mln so‘mga yetdi — Markaziy bank

 

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yilning III choragi yakunlari bo‘yicha mehnat bozori holatiga oid sharhini e’lon qildi. Hisobotda ish haqi, bandlik va tashqi pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy tendensiyalar saqlanib qolayotgani qayd etilgan.

 

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning III choragida mamlakatda nominal ish haqi 19,2 foizga oshgan. Inflyatsiya omillari hisobga olinganda, real ish haqi o‘sishi 9,1 foizni tashkil etgan.

 

O‘rtacha oylik ish haqi 6,2 million so‘mga yetgan. Eng yuqori daromadlar moliya va sug‘urta hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida qayd etilgan. Hududlar kesimida real ish haqi o‘sishi Samarqand (14,6 foiz), Sirdaryo (11,1 foiz) va Namangan (10,9 foiz) viloyatlarida yuqori bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda real ish haqi o‘sishi Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori. So‘m kursining nisbatan barqarorligi sababli eng kam ish haqi dollar ekvivalentida 103 dollarni tashkil etgan.

 

Bo‘sh ish o‘rinlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan. Vakansiyalarning eng katta ulushi savdo (17,9 foiz), umumiy ovqatlanish (17,1 foiz) va ishlab chiqarish (17,0 foiz) sohalariga to‘g‘ri kelgan.

 

Shuningdek, III chorakda pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 milliard dollarga yetib, yiliga nisbatan 18,5 foizga oshgan. Rossiya asosiy yo‘nalish bo‘lib qolayotgan bo‘lsa-da, Boltiqbo‘yi va boshqa rivojlangan davlatlardan kelayotgan mablag‘lar oqimi tez sur’atlarda ko‘paymoqda. Bu mehnat migratsiyasi yo‘nalishlari diversifikatsiyalanayotganidan dalolat beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика