1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda o'tkazilgan reydlart davomida 29 mlrd sо‘mga yaqin elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

16,1 mln kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari aniqlandi.

O‘zbekistonda o'tkazilgan reydlart davomida 29 mlrd sо‘mga yaqin elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

 

Hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tizim tarkibidagi korxonalarida Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslarining talon-toroj qilinish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

 

Xizmat xodimlari tomonidan joriy yilning 1-15 dekabr kunlari davomida o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida umumiy qiymati 28,7 mlrd so‘mga teng, 16,1 mln kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari aniqlandi.

 

Aniqlangan materiallar yuzasidan qayta hisob-kitob ishlari olib borilib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

 

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari doimiy ravishda davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, hududiy korxonalar va iste’molchilarning qonuniy faoliyatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика