1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lash muddati kechiktiriladi

Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lash muddati kechiktiriladi

 

Maʼlum bo‘lishicha, Prezidentning tegishli Farmoniga asosan 2021 yilning 31 dekabr va 2022-yilning 1-4 yanvar kunlari respublikamizda barcha soha xodimlari uchun dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan xalqimiz o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida nafaqa hamda pensiya to‘lash bir muddatga kechiktiriladi.

 

Yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6 yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to‘lanishi taʼminlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика