1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda pora olish bo‘yicha 114 kishi qamoqqa olindi

Joriy yilning yanvar-noyabr oyida 184 kishi pora olish jinoyati bilan sudlangan.

O‘zbekistonda pora olish bo‘yicha 114 kishi qamoqqa olindi

 

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 184 nafar shaxs pora olish jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda pora olish jinoyati bilan 196 nafar shaxs sudlangan bo‘lib, ularning 135 nafari ozodlikdan mahrum qilinish, 61 nafari esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga (jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki shartli hukm) tortilgan.

 

Joriy yilning 11 oyida esa 184 nafar shaxs ushbu jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan bo‘lib, ulardan 114 nafari ozodlikdan mahrum qilindi, 70 nafari esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga tortilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasiga ko‘ra, pora olish – davlat organi, davlat tashkiloti yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy yoki vositachi orqali moddiy qiymat olishni yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishni nazarda tutadi. Pora olgan shaxs odatda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Agar jinoyat takroran, xavfli rеtsidivist tomonidan, ko‘p miqdorda, tamagirlik yo‘li bilan yoki oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, jazo 5 yildan 10 yilgacha, juda ko‘p miqdorda va uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan qo‘llaniladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика