O‘zbekistonda 20-yanvardan mahalliy poyezd chipta narxlari oshiriladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lovchi" kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshmoqda. Xususan, "Afrosiyob" elektropoyezdlari biletlari narxlari quyidagicha etib belgilanmoqda.
Toshkent — Buxoro — Toshkent
VIP 636 000 so‘m;
Biznes 462 000 so‘m;
Ekonom 336 000 so‘m.
Toshkent — Qarshi — Toshkent
VIP 534 000 so‘m;
Biznes 390 000 so‘m;
Ekonom 282 000 so‘m.
Toshkent — Samarqand — Toshkent
VIP 396 000 so‘m;
Biznes 276 000 so‘m;
Ekonom 204 000 so‘m.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temiryo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr energiyasi — yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini davr talablariga muvofiq saqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.


