1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi

Bunga anomal issiq sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi

 

O‘zbekistonda anomal issiq harorat kuzatilishi munosabati bilan poyezdlar harakatiga cheklov kiritilmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qildi. 


Qayd etilishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha turdagi (yuk va yo‘lovchi) poyezdlarning tezligiga cheklovlar berilmoqda. Shu bois yo‘lovchi poyezdlarning harakat jadvalida, ayniqsa, jo‘nash hamda manziliga yetib borish vaqtlarida o‘zgarish bo‘lyapti. 


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchilardan bunday vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini istab, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика