1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda premium toifadagi tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya ishga tushirilishi mumkin

Maxsus buyurtma asosida premium klassdagi tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi BAA kompaniyasi O'zbekistonda o'z ofisini ochishni rejalashtirmoqda

O'zbekistonda premium toifadagi tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya ishga tushirilishi mumkin

 

O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonada "La Boveda de Puros" shirkati rahbari Nikolas Abinader bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA. Unda O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Abdulaziz Akkulov va Dubaydagi Bosh konsul Alisher Salomov ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida O‘zbekistonga xorijiy kompaniya ofisini tashkil etish, xizmat turlarini diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

 

"La Boveda de Puros" shirkati rahbari Nikolas Abinader O‘zbekistonda kompaniyaning mintaqaviy ofisini ochish va bu orqali Markaziy Osiyo davlatlari bozoriga yuqori sifatli tamaki mahsulotlarini yetkazish tizimini tashkil qilishini bildirdi.

 

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar tegishli yuridik va tashkiliy masalalarda hamkorlik qilish hamda ushbu tadbirkorning O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

 

Ma'lumot uchun, "La Boveda de Puros" shirkatining bosh ofisi BAAning Dubay shahrida joylashgan. Shirkat Kosta-Rika, Nikaragua, Dominikan Respublikasi va AQSHning Mayami shahrida maxsus buyurtma asosida premium klassdagi tamaki mahsulotlarini (sigara) ishlab chiqarish va qadoqlashni yo‘lga qo‘ygan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика