AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi rahbariyati va mutasaddilarining maʼlum qilishicha, 2030-yilga borib O‘zbekistonda OITS kasalligi yuqishiga to‘liq barham berish maqsad qilingan.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda OIV kasallagiga chalingan odamlar soni 48 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. So‘nggi 5 yilda OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortdi. Hukumat tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80 foizni tashkil etdi.
«Respublikamizda OIV infeksiyasini onadan bolaga yuqishiga barham berish uchun, har yili bemor onalardan dunyoga kelayotgan (o‘rtacha 600 nafargacha) bolalarni quruq sut aralashmalari bilan uzuluksiz taʼminoti amalga oshirilmoqda. Buning natijasida 99,7 foiz bolalar sog‘lom bo‘lishiga erishilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mutassaddilarning taʼkidlashicha, respublikadagi bemorlarning 95 foizida virus yuklamasini past darajaga tushishiga 2025-yilgacha erishish va 2030-yilda esa OITS kasalligining yuqishiga barham berish maqsad qilib olingan.


