1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda rangli paxta yetishtirilmoqda

Ayni paytda olimlar yuqori tola sifatiga ega navlarni yaratish ustida ishlamoqda.

O‘zbekistonda rangli paxta yetishtirilmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Gʻo‘za biotexnologiyasi” laboratoriyasida rangli paxta yetishtirilmoqda. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar berdi.


Ma’lum qilinishicha, ayni paytda laboratoriya tajriba maydonida olimlar tomonidan molekulyar genetika, fiziologiya, biokimyo hamda seleksiyaning zamonaviy uslublarini qo‘llagan holda yuqori tola sifatiga ega navlarni yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.


Ta’kidlanishia, tabiatda oppoq paxtadan tashqari turli rangdagi g‘o‘za ekinlari ham mavjud. Laboratoriya xodimlari aynan ushbu g‘o‘za navlari ustida tadqiqotlar olib borib, tolasi och qo‘ng‘ir, to‘q qo‘ng‘ir, qizg‘ish, sarg‘ish, och yashil, to‘q yashil va boshqa rangdagi g‘o‘za namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari sifatini oshirishmoqda. Ular kelgusida yana boshqa rangli g‘o‘zalar ustida ishlashni ham rejalashtirgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика