O‘zbekistonda rezident aviakompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan parvozlar soni oshdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, rezident aviakompaniyalar tomonidan ko‘satilayotgan xizmatlar ko‘lami ortmoqda.
2023 yilning yanvar-iyul oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekiston rezident aviakompaniyalari tomonidan 28 764 ta aviaqatnov amalga oshirildi.
“Natijada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 7 524 ta reysga yoki 135 foizni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Xorijiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 16 618 ta (151%), tashilgan yo‘lovchilar soni 2 398,5 ming nafarni (132 %) tashkil etadi.
Mahalliy yo‘nalishlarda rezident aviakompaniyalari tomonidan shaharlararo amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 12 146 ta (141%) ni, tashilgan yo‘lovchilar soni 1 015,6 ming nafarga (103%) teng bo‘ldi.


