1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda sabzi narxi keskin ko'tarildi

Ushbu mahsulotlarning o‘rtacha narxi 2022-yilga nisbatan 57 foizga yuqori.

O'zbekistonda sabzi narxi keskin ko'tarildi

 

O‘zbekistonda sabzi narxi ketma-ket ikkinchi hafta ko‘tarilmoqda, so‘nggi ikki hafta ichida ushbu mahsulotning ulgurji narxlari 22 foizga oshdi. Shu bilan birga, joriy ulgurji narxlar o'tgan yilgi darajadan bir yarim baravar yuqori, deydi EastFruit tahlilchilari.

 

Narxlar monitoringi maʼlumotlariga  koʻra, 2023-yilning 28-iyulidan 11-avgustiga qadar Oʻzbekistonda joriy yil hosili yetishtirilgan sabzi oʻrtacha ulgurji narxi 4500 soʻmdan 5500 soʻmgacha oshgan. Shu bilan birga, 11-avgust holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi 2022-yilning shu sanasiga nisbatan 57 foizga yuqoriligicha qolayotgani ta'kidlangan.

 

"O‘tgan haftada joriy yil hosilidan olingan sabzi ulgurji narxlari joriy mavsumda birinchi marta ko‘tarildi, keyingi haftada esa narxlar o‘sishda davom etdi", — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda joriy yil hosili sabzi uchun ushbu ulgurji narxlar EastFruit xalqaro guruhi meva va sabzavotlarning ulgurji narxlarini haftalik monitoring qilib boruvchi davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

 

Jumladan, 11-avgust holatiga ko‘ra, joriy yil hosilining sabzi o‘rtacha ulgurji narxi (1 kg uchun AQSH dollarida): Gruziya – 0,61 dollar; O‘zbekiston – 0,46 dollar; Moldova - 0,45 dollar; Ukraina - 0,38 dollar; Polsha - 0,27 dollar; Tojikiston – 0,23 dollar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика