1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda soliq qarzi bo‘lganlar uchun elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi

Ushbu mexanizm 2026-yil 1-yanvardan Namangan viloyatida sinov tariqasida joriy etiladi.

O‘zbekistonda soliq qarzi bo‘lganlar uchun elektr energiyasi uchun to‘lovlar cheklanadi

 

O‘zbekiston hukumati tomonidan soliq munosabatlarini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan foydalanish ochiqligini oshirish hamda soliq intizomini mustahkamlashga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etiladi. Bu Prezident qarorida belgilangan.

 

2026-yil 1-yanvardan “Ochiq budjet” portalida jismoniy shaxslar tomonidan to‘langan soliqlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarni aks ettiruvchi “Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar” moduli ishga tushiriladi. Ushbu modul orqali:

 

  • jismoniy shaxsning muayyan davrda to‘lagan daromad solig‘i, mol-mulk va yer soliqlari miqdori;
  • ushbu soliqlar hisobidan davlat byudjetidan moliyalashtirilgan xarajatlar haqida ochiq ma’lumot taqdim etiladi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modelini sinov tariqasida joriy etish boshlanadi. Eksperiment doirasida:

 

  • jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk va/yoki yer solig‘i bo‘yicha 1 mln so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirish jarayonida elektr energiyasi uchun billing tizimi mexanizmidan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • soliq organlari faoliyatini inson omilisiz, avtomatik shakllanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash davom ettiriladi.

 

Shu bilan birga, 2026-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulklarni ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha to‘langan soliq to‘liq hajmda mulk joylashgan tuman va shaharlar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi.

 

Yangi mexanizmga muvofiq, O‘zbekistonda 1 million so‘mdan ortiq soliq qarzi mavjud bo‘lgan fuqarolarning elektr energiyasi uchun to‘lovlari cheklanadi. Ushbu mexanizm 2026-yil 1-yanvardan Namangan viloyatida sinovdan o‘tkaziladi. 

 

Shuningdek, soliq qarzi haqidagi ma’lumotlar aholi uchun yanada qulay bo‘lishi maqsadida banklar va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalari bosh sahifasida avtomatik tarzda aks ettirilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика