1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Tadbirkorlik kodeksi tayyorlanmoqda

Loyiha ayni paytda masʼul qo‘mita tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekistonda Tadbirkorlik kodeksi tayyorlanmoqda

Endilikda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib, 100 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini unifikatsiya qilish nazarda tutilyapti. Tadbirkorlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan mazkur kodeks loyihasining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratish, xususiy mulkni, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.  

 

Kodeks loyihasi bilan tadbirkorlik faoliyatining qonuniylik, tadbirkorlik erkinligi, subyektlar tengligi, halol raqobat, vijdonlilik prezumpsiyasi, korrupsiyadan xolilik kabi asosiy prinsiplari mustahkamlanmoqda. Amalda toifa sifatida faqat kichik tadbirkorlik subyekti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endi tadbirkorlik subyektlari kichik, o‘rta va yirik toifalarga ajratilmoqda.  

 

Shuningdek, 39 ta davlat organining 147 ta nazorat funksiyalari va Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan 20 turdagi tekshiruvlar ro‘yxatlari mazkur kodeksga ilova sifatida tasdiqlanib, ro‘yxatga kiritilmagan barcha tekshiruvlar Biznes-ombudsman bilan kelishilgan tartibda amalga oshirilishi taklif etilmoqda.  

 

Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ayni paytda parlament quyi palatasida masʼul qo‘mita tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика