Soliq qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil 30-iyun holatiga 197,2 mingta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning 1,2 mln ta soliq obyekti bo‘yicha 521,7 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i bo‘yicha 197,3 mlrd so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 324,4 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Qayd etilishicha, shundan:
- 130,2 mlrd so‘m — budjet tashkilotlari xodimlari;
- 25,8 mlrd so‘m — nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
- 365,7 mlrd so‘m — tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tijorat tashkilotlarining sohalar kesimida mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi:
- sanoat sohasidagi 24,1 mingta tashkilotda ishlovchi 197,7 ming nafar xodimning soliq qarzi 92,8 mlrd soʻm;
- qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 59,4 mingta tashkilotda ishlovchi 125 ming nafar xodimning soliq qarzi — 86,7 mlrd soʻm;
- savdo sohasidagi 46,7 mingta tashkilotda ishlovchi 85,7 ming nafar xodimning soliq qarzi — 56,7 mlrd soʻm;
- qurilish sohasidagi 11,5 ta tashkilotda ishlovchi 72 ming nafar xodimning soliq qarzi — 44,1 mlrd soʻm;
- tashish va saqlash sohasidagi 6,1 mingta tashkilotda ishlovchi 47,1 ming nafar xodimning soliq qarzi — 21,5 mlrd soʻm;
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 19,9 ming nafar xodimning soliq qarzi — 13 mlrd soʻm;
- sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,5 mingta tashkilotda ishlovchi 13 ming nafar xodimning soliq qarzi — 6,5 mlrd soʻm;
- axborot va aloqa sohasidagi 2,1 mingta tashkilotda ishlovchi 11,6 ming nafar xodimning soliq qarzi — 4,5 mlrd soʻm.
Shuningdek, boshqa faoliyat turlari sohasidagi 17,8 mingta tashkilotda ishlovchi 78,5 ming nafar xodimning soliq qarzi — 39,9 mlrd soʻmni tashkil etmoqda.


