O‘zbekiston Markaziy banki "Oriyonbank" (Tojikiston) vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi.
O‘zbekistonda Tojikistonning "Oriyonbank" vakolatxonasi ish boshlaydi. Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq bank vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi.
Bankning mamlakatda ishlash uchun ruxsatnomasi 2025-yil 10-avgustgacha amal qiladi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Davlatzod Umed vakolatxonaning O‘zbekistondagi rahbari etib tayinlangan.
Maʼlumot uchun, "Oriyonbank" Tojikistonda tashkil etilgan dastlabki yirik banklardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda 30 dan ortiq filiallari mavjud bo‘lib, 10 dan ortik moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank aktivlari 270 mln dollardan oshiqroq.


