Statistika agentligi O‘zbekiston aholisining yanvar–mart oylaridagi demografik holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, respublikada uch oy davomida 205 700 chaqaloq (2023 yil mos davridan 4,3 foiz kam) tirik tug‘ilgan.
Chaqaloqlar 83,2 foizining otalari 25–39 yosh, 7 foiziniki 25 yoshgacha, 9,8 foizida 40 va undan katta yoshlarda bo‘lgan. Tug‘ilganlar 35,9 foizining onalari 25 yoshgacha, 62,7 foiziniki 25–39 yosh, 1,4 foizida 40 va undan katta yoshlarda ekani qayd etilgan.
Tug‘ilganlar sonining eng ko‘p ulushi Samarqand viloyati (24 075 nafar), eng kam ulushi Sirdaryo viloyati (5 066 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududlar bo‘yicha tug‘ilish koeffisiyenti eng yuqori ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida, eng kami Buxoro viloyatida qayd etilgan.


