Maʼlum bo‘lishicha, 1 aprel holatiga respublikada 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Ko‘rsatkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,4 foizga oshgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda 2021 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar soni 1991 yildagi tug‘ilishlar bilan solishtirilganda 25,1 foizga ko‘paygan.
Avvalroq, Sirdaryoda 7 kilogrammli chaqаloq dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.


