1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda tuman darajasida bajarilayotgan jarrohlik amaliyotlari soni 100 taga ko‘paytiriladi

Shuningdek, hududlarda yuqori texnologiyali operatsiyalar ulushi 23 foizdan 60 foizga oshiriladi.

O‘zbekistonda tuman darajasida bajarilayotgan jarrohlik amaliyotlari soni 100 taga ko‘paytiriladi

 

Hududlarda yuqori texnologiyali jarrohlik operasiyalari ulushi 23 foizdan 60 foizga oshiriladi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati. 


Qayd etilishicha, hozirgi paytda O‘zbekistonda 24 ta ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi va joylarda 269 ta hududiy filial faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan 6000 dan ziyod tibbiy amaliyotlar o‘tkazilmoqda.


Shundan: 
—750 dan ortig‘ini — viloyat, 
—150 dan ziyodini — tuman darajasida bajarish o‘zlashtirilgan.  


Joriy yilning o‘tgan davrida 14 ming nafardan ortiq imtiyozli toifadagi bemorlarda yuqori texnologik amaliyotlar bajarilgan. Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining 1500 nafardan ziyod mutaxassislari joylarga chiqib, ular tomonidan 50 mingga yaqin bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilgan.


Ta’kidlanishicha, yil yakuniga qadar mazkur yo‘nalishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:


—Akusherlik va ginekologiya, Reproduktiv salomatlik, Skrining va Respublika perinatal markazlari negizida Akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etiladi;
—300 ga yaqin buyrak, 10 ta jigar va 15 ta o‘zak hujayra transplantasiyasi amaliyoti bajariladi;
—Miokard infarkti va insult kasalliklaridan o‘lim ko‘rsatkichlari kamaytiriladi;
—Koxlear implantasiya operasiyalari soni 350 dan 650 taga yetkaziladi;
—Tuman darajasida bajarilayotgan jarrohlik amaliyotlari soni 100 taga ko‘paytiriladi;
—Hududlarda yuqori texnologiyali operasiyalar ulushi 23 foizdan 60 foizga oshiriladi;
—100 nafardan ortiq mutaxassislar Yevropa, Turkiya, Rossiya, Yaponiya kabi davlatlarda malaka oshirib qaytadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика