O‘zbekiston turizm sohasini jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi tartiblarni joriy etadi. Hukumat qaroriga ko‘ra, mashhur xalqaro kiyim brendlari yirik savdo-ko‘ngilochar markazlarga jalb qilinadi, shuningdek, shaharlar chekkasida milliy me’moriy uslubda zamonaviy aутlet markazlari barpo etiladi. Dastlabki bosqichda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida loyihalar amalga oshiriladi, 2030 yildan boshlab esa boshqa turistik hududlarga kengaytiriladi.
2026 yil 1 fevraldan e’tiboran, O‘zbekiston hududidan chiqib ketayotgan chet ellik sayyohlarga oldin xarid qilingan mahsulotlar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i naqd pul shaklida qaytarib berilishi mumkin bo‘ladi. Bu qaror turistlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishni maqsad qiladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 martdan turistik startaplar yangi xizmat turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizigacha, ammo yiliga 1 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya olish imkoniga ega bo‘ladi. “Yashil” xalqaro sertifikatlar olishga intilayotgan mehmonxonalar xarajatlarining yarmi qoplanadi. Bu chora-tadbirlar orqali ekologik barqaror turizmni rivojlantirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.


