1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O`zbekistonda uy-joy narxining o‘sish surʼati sekinlashdi

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxi iyun oyida 0,8 foizga oshdi

O`zbekistonda uy-joy narxining o‘sish surʼati sekinlashdi

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulkni oldi-sotdi bo‘yicha bitimlar soni deyarli 131 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 3,9 foizga oshgan bo‘lsa, 2-chorakda sotuvlar 5 foizga o‘sib, 69 ming bitimdan oshdi.

 

Eng katta pasayish Toshkent shahrida – 17 foiz, Sirdaryo – 10 foiz va Navoiy viloyatlarida – 9 foiz qayd etildi. Umuman olganda, 2022-yil iyun oyiga nisbatan uy-joy savdosi 3,5 foizga oshdi.

 

Iyun oyida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sish surʼati sekinlashdi. Agar may oyida 1 kvadrat metr uchun uy-joyning o‘rtacha narxining oshishi 2,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, iyun oyida ikkilamchi uy-joy narxi atigi 0,8 foizga oshdi.

 

Joriy davrni o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda, ikkilamchi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 22 foizdan oshdi. Namangan – 34,9 foiz, Toshkent – 29,4 foiz viloyatlarida va Toshkent shahrida – 30,4 foiz uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

 

Bundan tashqari, Toshkent shahrida kvartiralarni ijaraga olish narxi pasayishda davom etmoqda. Joriy yil boshidan beri poytaxtda o‘rtacha ijara narxi 14,3 foizga arzonlashdi. Eng katta pasayish mart oyida qayd etilgan bo‘lib, birdaniga 7 foizga tushdi. Biroq, o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan Toshkentda ijara haqi 5,4 foizga oshdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика