1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar bilan nikoh uchun jazolar keskin kuchaytirilishi mumkin

Yangi qonun loyihasi qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni taqiqlab, jarimalarni bir necha baravar oshirishni nazarda tutmoqda.

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar bilan nikoh uchun jazolar keskin kuchaytirilishi mumkin

O‘zbekistonda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Adliya vazirligi ma’lum qilishicha, hujjatda voyaga yetmaganlar bilan nikohga qarshi javobgarlikni keskin kuchaytirish taklif etilmoqda.

 

Loyihaga ko‘ra, yon shajara bo‘yicha 2–4-darajadagi qarindoshlar, jumladan, tog‘a va amaki, amma va xola hamda ularning jiyanlari, shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzish qat’iyan taqiqlanadi. Agar tomonlar o‘rtasida qon-qarindoshlik bo‘lmasa, ushbu cheklov qo‘llanilmaydi.

 

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxs bilan haqiqiy nikoh munosabatlariga kirishganlik uchun jarimalar BHMning 50–100 baravarigacha, ya’ni 20,6 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha oshirilishi mumkin. Muqobil jazo sifatida majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari ham belgilanishi rejalashtirilmoqda.

 

Hozirgi qonunchilikda esa bu kabi holatlar uchun ancha yengil – BHMning 20–30 baravari miqdorida jarima yoki 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari nazarda tutilgan. Qonun loyihasi bolalarni majburiy va erta nikohdan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика