1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Ro‘yxatga jarohatlar, og‘ir yurak-o‘pka kasalliklari va jismoniy holatlar kiritilgan.

O‘zbekistonda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi haydovchilar va yo‘lovchilarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar va holatlar ro‘yxatini tasdiqladi.

 

Vazirlikning 2025-yil 24-dekabrdagi 29-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan mazkur ro‘yxat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Hujjatga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqish sog‘liq uchun zararli yoki jismonan imkonsiz bo‘lgan hollarda fuqarolarga kamar taqmaslikka ruxsat beriladi. Buning uchun haydovchi yoki yo‘lovchi QR-kodli maxsus elektron tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lishi shart.

 

Ro‘yxatga o‘mrov, to‘sh suyagi, qovurg‘alar, yelka kamari va umurtqa pog‘onasi sinishlari, o‘pkaning og‘ir kasalliklari, yurak yetishmovchiligining III bosqichi, bronxial astma va KOAHning og‘ir shakllari, morbid semizlik (TMI ≥ 40), bo‘yi 150 smdan past bo‘lish holatlari, shuningdek, ko‘krak va qorin sohasidagi jarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlar kiritilgan.

 

Shuningdek, ko‘krak implantlari, stoma mavjudligi, ko‘krak qafasidagi og‘ir dermatologik kasalliklar hamda qo‘l harakatini cheklovchi nevrologik patologiyalar ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.

 

Tibbiy ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali bepul rasmiylashtiriladi. U kasallik turiga qarab 2 oy, 4 oy, 6 oy, 1 yil muddatga yoki ayrim holatlarda muddatsiz berilishi mumkin. Ma’lumotnoma davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari xulosasi asosida taqdim etiladi.

 

Qayd etilishicha, QR-kodli tibbiy ma’lumotnomasiz xavfsizlik kamarini taqmaslik yo‘l harakati qoidalarini buzish hisoblanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика