1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda “Yangi nafas” xalqaro marafoni o‘tkazildi

Unda respublika bo‘yicha jami 60 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekistonda “Yangi nafas” xalqaro marafoni o‘tkazildi

 

Bugun, 25 iyun kuni butun Respublika miqyosida 23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni hamda 30 iyun Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekistonning 16 ta shahrini qamrab olgan, “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz” shiori ostidagi ushbu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

 

Mazkur ommaviy yugurish musobaqasida Respublika bo‘yicha jami 60 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida 17 mingga yaqin talaba, shuningdek, harbiy o‘quv yurtlarining kursant va bitiruvchilaridan iborat “Vatan Qalqoni” harbiy-vatanparvarlik guruhi ham bor.

 

Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Nukus shaharlarida 1 milya (1609 metr) va 3 km; Andijon, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, Urganch va G‘uzor shaharlarida 3 km masofada bahslar bo‘lib o‘tdi. “Humo arena” majmuasining oldidagi maydonda start olgan Toshkent shahridagi bahslar esa 1 milya, 3 km va 10 km masofalarda tashkil etildi.

 

Bu yilgi “Yangi nafas” o‘z chegeralarini kengaytirdi va qo‘shni respublikalarning Yengil atletika federatsiyalari ko‘magida yugurish musobaqasiga Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan 300 nafarga yaqin yosh sportchilar va yugurish havaskorlari qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика