O‘zbekistonda yangi qurilayotgan obyektlar holatini nazorat qilish imkonini beruvchi maxsus onlayn xarita ishga tushirildi. Platforma orqali respublika bo‘ylab olib borilayotgan qurilish loyihalari haqida ochiq va qulay ma’lumot olish mumkin.
Xaritada barcha obyektlar uch toifaga ajratilgan: qizil rang — qurilishi to‘xtatilgan obyektlar, ko‘k rang — hozirda qurilish jarayonida bo‘lgan loyihalar, qora rang esa muzlatilgan yoki bekor qilingan obyektlarni anglatadi. Bu ranglar foydalanuvchilarga holatni tezda anglash imkonini beradi.
Shuningdek, fuqarolar obyektlarni kadastr ma’lumotlari orqali qidirishlari, hudud va yo‘nalishlar bo‘yicha saralashlari mumkin. Yangi onlayn xarita qurilish sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.


